
26.10.2023
Xorazm viloyati Bog'ot tumanida yashovchi fuqaro Z.Q. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida faoliyat ko'rsatayotgan "Ishonch" savdo do'konidan 11 800 000 so'mga "Shivaki" rusumli havo sovutgich sotib olgan. Ammo ushbu maishiy texnika vositasi sifatsiz bo'lib chiqqan. Iste'molchi bu borada do'kon xodimlariga bir necha marta murojaat qilgan bo'lsa-da, masala ijobiy hal etilmagan.
Ushbu holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi hamda mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, havo sovutgich sifatlisiga almashtirib berildi.