Telegram-bot Virtual qabulxona

30.08.2023

650 000 soʻm pul mablagʻi isteʼmolchi foydasiga ijobiy hal etildi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya Namangan shahar jamiyatiga joriy yilning 16-avgust kuni Namangan shahar Oxunboboyev koʻchasi 78-uy 4-xonadonda yashovchi fuqaro Z. Q.dan murojaat kelib tushdi.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro Namangan shahrida joylashgan "Aziza" ayollar liboslari savdo doʻkonidan umumiy qiymati 650 000 (olti yuz ellik ming) soʻm boʻlgan ayollar koʻylagini sotib olganini, xarid amalga oshirganidan soʻng, libosda nuqson borligi sababli doʻkonga qaytarib olib kelganida, sotuvchi tomonidan sotilgan mahsulotini qaytarib olishini rad etganidan norozi boʻlib murojaat qilgan.

Murojaat Namangan shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish natijasida,  fuqaro Z. Q.ning xarid uchun toʻlangan 650 000 ( olti yuz ellik ming soʻm)  pul mablagʻi qaytarib berildi.

Sotuvchiga "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" gi Qonunga asosan,  tovarning nuqsonlari aniqlanganda, shu kundan boshlab 7 kunlik ichida tovar ayni shunday markali tovarga almashtirilishi yoki sotuvchida bunday tovar mavjud boʻlmasa, isteʼmolchi toʻlangan pulni qaytarib olishi mumkinligi tushuntirib oʻtildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00