Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Sud qarori bilan iste’molchi foydasiga 59 030 000 so‘m undirilishi belgilandi

So‘nggi yillarda shaharsozlik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari jadallik bilan bajarilmoqda. Ma’nan eskirgan, qariyb bir asr oldin qurilgan binolar buzilib, zamonaviy va shinam binolar qad rostlamoqda. Ushbu eski xonadonlarda yashab turgan aholi uchun uyi buzilgan hollarda davlat tomonidan ijara puli to‘lanishi, yangi quriladigan ko‘p qavatli uylardan tayyor holda berilishi bo‘yicha normativ hujjatlar qabul qilingan.

Ammo har doim ham mas’ullar tomonidan ushbu amaliyot sifatli bajariladi deb bo‘lmaydi. Buxoro shahar Hamza ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.M ning xonadoni buzilishi natijasida unga nisbatan barcha kompensatsiya xarajatlari to‘lab berilishi zarur edi. "Adizova Nodira Trans servis"  MCHJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uylardan barcha sharoitlarga ega xonadon berilishi nazarda tutilgan. Ammo hozirgi vaqtga qadar xonadondan ham, kompensatsiya to‘lovlaridan ham darak bo‘lmagan.

Fuqaro yordam so‘rab Buxoro shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Ushbu murojaat jamiyat raisi K.Hafizov tomonidan o‘rganilib, tayyorlangan materiallar ilova qilingan holda Buxoro FIB tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.M foydasiga Buxoro shahar hokimligi hamda "Adizova Nodira Trans servis" MCHJ tomonidan etkazilgan ma’naviy-moddiy zarar qayta hisoblanib, da’vo arizasi qisman qanoatlantirildi, ya’ni iste’molchi foydasiga  59 030 000 so‘m undirilishi belgilandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00