30.08.2023
Sariosiyo tuman Sharq yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro X. Sh. Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza yozib murojaat qiladi. Fuqaro murojaatida “Surxon avtosavdo” MCHJ bilan Lasetti avtomashinasi olish uchun shartnoma tuzganligi ammo shartnomada ko`rsatilgan yetkazib berish muddatining o`tib ketganligidan norozi ekanligini bayon qiladi. Ushbu murojaat ijrosini ta`minlash maqsadida jamiyat mas’ul xodimlari fuqaro bilan birgalikda Denov tumaniga borib vaziyatni o`rganishdi.
O`rganish jarayonida bugungi kunda ishlab chiqarishda ehtiyot qism yetishmovchiligi sababli, avtomobil yetkazib berishda kechikishlar kuzatilayotganligi va avtomashina yetkazib berish kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaning 5.1-bandiga asosan “Surxon avtosavdo” tomonidan penya to`lanishi belgilanganligi aniqlandi, fuqaro X. Sh. va Uzavto motors bilan tuzilgan №1-220-20221250 UA sonli shartnomaga asosan Lasetti avtomashinasi fuqaroga yetkazib berildi.