Telegram-bot Virtual qabulxona

21.09.2023

4 million so'mlik mebel iste'molchiga yetkazildi

Xorazm viloyati Xiva shahri "Ichan qal'a" mahallasida yashovchi Y.E. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat yoʻllagan.

Unga ko'ra, fuqaro Xiva shahrida joylashgan mebel savdo do'konidan 4 000 000 soʻmga mebel xarid qilgan. Ammo do'kon mas'ullari tomonidan iste'molchi tanlagan mebel emas, boshqa rusumdagisi yetkazilgan. So'ng, fuqaro darhol sotuvchi bilan bogʻlanib, holat yuzasidan e'tiroz bildirgan, sotuvchi esa har xil bahonalarni roʻkach qilib, murojaatchini eshitishni ham istamagan.

Murojaat Xiva shahar IHHQ jamiyati mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va u buyurtma qilgan 4 000 000 soʻmlik mebel uyiga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00