Telegram-bot Virtual qabulxona

17.07.2023

11 million so'mlik nosoz telefon sifatlisiga almashtirildi

Samarqand shahar "Ashxobod" ko‘chasida yashovchi fuqaro X.Sh. O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro iyun oyining o‘rtalarida Farg‘ona shahridagi "Xon bozor" savdo do‘konidan iPhone 14 Pro rusumli mobil aloqa vositasini 11 000 000 so‘mga sotib olgan. Ammo undan foydalanish davomida batareyka va ovoz kuchaytirish tugmasida muammo kuzatilgan. Iste'molchi holat bo'yicha savdo do'koniga bir necha marta murojaat qilishiga qaramay, e'tirozlar e'tiborsiz qoldirilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida do‘kon rahbariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Iste'molchi tomonidan e'tiroz bildirilgan mobil qurilma tezkor pochta orqali Samarqanddan Farg‘onaga keltirilib, do‘kon mas'ullari tomonidan ko‘zdan kechirilgach, tovar xuddi shu rusumdagi yangisiga almashtirilib, iste'molchiga yetkazildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00