Telegram-bot Virtual qabulxona

08.10.2024

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Rivojlangan asrning texnika istiqboli haqida soatlab fikr yuritish mumkin. Elektr energiyasi bilan harakatlanuvchi texnika vositalari orasida elektrovelosipedlarga ham talab yuqori. Ammo ular bilan bog‘liq murojaatlar ham anchagina.

Kogon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Q. shahar markazidagi velotexnika savdo do‘konidan elektrovelosipedni muddatli to‘lov asosida xarid qilib, 1 500 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Foydalanish mobaynida esa unda texnik nuqsonlar kuzatilgan.

Kogon shahar jamiyatiga og‘zaki murojaat qilish orqali iste’molchi muammosi qisqa fursatda hal etildi. Servis xulosasiga asosan, elektrovelosiped nosoz deb topildi hamda to‘langan to‘lov iste’molchiga to‘liq qaytarilib, muddatli to‘lov shartnomasi bekor qilindi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00