Telegram-bot Virtual qabulxona

13.05.2024

3,2 million soʻm pul mablagʻi iste'molchiga qaytarildi

Shahrisabz tumani “Xujaxuroson” mahallasida yashovchi D.X. tumandagi maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 3 million 200 ming soʻmga “Samsung” rusumli uyali aloqa vositasini sotib oladi. Biroq unda nuqsonlar kuzatiladi va umuman ishlamay qoladi. Iste'molchi yaroqsiz mahsulotni almashtirish yoki oʻziga yetkazilgan zararni qoplatishga urinadi. Sotuvchi esa iste'molchining bu haqdagi talablarini qanoatlantirmaydi. 

Shahrisabz tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste'molchi va sotuvchi oʻrtasidagi mazkur kelishmovchiliklarga oid murojaat oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilikka muvofiq, uzoq muddat foydalanishga moʻljallangan bu kabi mahsulotlarni sotish talablari, bu borada ishlab chiqaruvchining majburiyatlari boʻyicha tushuntirishlar olib borildi va nuqsonli mahsulot sotuvchiga qaytarilib, u uchun toʻlangan 3 million 200 ming soʻm pul mablagʻi iste'molchi foydasiga undirilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00