
28.01.2025
Chiroqchi tumani "Oq oltin" mahallasida yashovchi fuqaro F.Q. tumandagi “Alhilol” savdo do'konidan 3 million 800 ming so'mga “Invest” rusumli muzlatgich sotib oladi. Biroq muzlatgichni uyiga olib kelib, elektr tarmog'iga ulab ko'rganida uning ishlamayotgani ma'lum bo'ladi. Nosoz mahsulotni almashtirish haqidagi talabini esa sotuvchi bajarmaydi.
Fuqaro bu haqda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, nuqsonli mahsulotni almashtirib olishda amaliy yordam so'raydi. Uning murojaati tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilganda, sotib olingan muzlatgichda ishlab chiqarish bilan bog'liq texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlandi.
Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, xususan, “Chakana savdo qoidalari” talablari tushuntirilib, nuqsonli mahsulot qaytarilishi va iste'molchiga boshqa shu rusumdagi sifatli muzlatgich olib berilishi ta'minlandi.