Telegram-bot Virtual qabulxona

27.03.2024

2,5 million soʻmlik nosoz akkumulyator sifatlisiga almashtirildi

Muborak tumani “Sariq” mahallasida yashovchi A.J. tumandagi “Dengiz fayz” xususiy korxonasidan 5 million soʻmga elektroskuter xarid qilgan. Ammo oradan ikki kun oʻtgach, skuterning elektr ta'minoti tizimida nosozlik kuzatilgan. Uni tekshirib koʻrgan mutaxassislar esa quvvat bilan ta'minlovchi akkumulyator ishdan chiqqanligini aniqlashgan. Fuqaro esa nosoz elektroskuterni almashtirib berishlarini talab qilib sotuvchiga murojaat qilgan. Biroq uning e'tirozi e'tiborsiz qoldirilgan.

Fuqaroning bu xususida Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni orqali yoʻllagan murojaati oʻrganilib, amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq, qiymati 2,5 million soʻm boʻlgan nosoz akkumulyator boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00