Telegram-bot Virtual qabulxona

24.08.2023

Arzonlashtirilgan maktab yarmarkalarida jamoatchilik kuzatuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi, "Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida"gi, "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari, shuningdek O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ustaviga muvofiq Zarafshon shahar jamiyati tomonidan 2023-yil 23-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi Zarafshon shahar bo‘limi, bozor ma’muriyati, Zarafshon shahar DSI va shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan birgalikda Zarafshon shahrida tashkil etilgan arzonlashtirilgan maktab yarmarkasida jamoatchilik kuzatuvi o‘tkazildi.

Ushbu kuzatuvni o‘tkazilishidan asosiy maqsad yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida maktab o‘quvchilari uchun arzonlashtirilgan maktab yarmarkalarini tashkil etilganligi, o‘quv qurollarini arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotganligi bo‘yicha aholining fikrini o‘rganishdan iborat bo’ldi. Bu borada mas’ul tashkilotlar tomonidan qilingan ishlar tahlil qilindi.

Ushbu tadbirda mas’ul tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilgan qulayliklar bo‘yicha ularning fikrlari, aholining yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari hamda o‘quvchilar kiyim (forma)larining sifati hamda narxlarining arzonligi borasidagi fikrlari tinglandi.

Xulosa o‘rnida bugun shahrimizda aholi uchun arzonlashtirilgan maktab yarmarkalari tashkil etilib, unda barcha turdagi o‘quv qurollari mavjud va har bir mahsulotning narxlari iste’molchilar uchun yozib qo‘yilgan


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00