Telegram-bot Virtual qabulxona

15.02.2024

Sifatsiz elektr pech sifatlisiga almashtirib berildi

Navoiy shahrida yashovchi fuqoro U.U. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro savdo do'konlarining biridan 1 500 000 so'mga "Itimat" rusumli pech xarid qilgan. Ammo tovar sifatsiz bo'lib chiqgan. Iste'molchi sotuvchiga ushbu holat yuzasidan bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, muammo hal etib berilmagan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqish jarayonida sotuvchiga iste'molchining huquqlari, qonunchilik talablari tushunturib o'tilgach, tadbirkor fuqoroga sotilgan sifatsiz elektr pechni sifatlisiga almashtirib berdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00