Telegram-bot Virtual qabulxona

09.02.2023

Muzlatgich ichida yong'in: iste'molchining 700 dollari qaytarildi

2023-yil 25-yanvar kuni Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Siyob tumani Narshaxiy ko'chasida yashovchi fuqaro X.Sh. tomonidan kelib tushgan ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda oʼrganildi.


Oʼrganish davomida maʼlum boʼlishicha, isteʼmolchi “Tехnо city” savdo markazidan 2022-yil 10-iyun kuni ''Midea'' rusumli muzlatgichni 700 AQSh dollari qiymatida, 3 yillik kafolat muddati bilan xarid qilgan. 2022-yil 30-dekabr kuni fuqaro xonadonida ishlab turgan muzlatgich ichida yong'in sodir bo'lgan. X.Sh. “Tехnо city” savdo markazi rahbari va servis xodimlari bilan bog’langan, ammo ulardan qoniqarsiz javob olgan.


Holat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan “Tехnо city” savdo markazi  rahbariga Oʼzbekiston “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada 2023-yil 2-fevral kuni savdo markazi tomonidan fuqaro X.Sh.ga 700 AQSh dollari miqdoridagi summa qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00