
28.08.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022-yildagi PQ-92-sonli qarori bilan yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilingan.
Toshloq tuman jamiyati mas'ul xodimlari davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida hududdagi bir qator MFYlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ular bilan iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ushbu jarayonda yoshlar yetakchilarining tutadigan o‘rni va roli borasida fikr va mulohazalar almashdilar.