Telegram-bot Virtual qabulxona

16.05.2024

Masala sudga chiqarilishi arafasida sotuvchi va iste'molchi o‘rtasida kelishuvga erishildi

Uchko‘prik tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shu tumandagi qishloqlardan birida istiqomat qiluvchi A.U. tomonidan bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan mobil qurilmalarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilganidan boshqa rusumda bo‘lib chiqqanligi to‘g‘risida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilingan murojaat o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida tumandagi "Texnopark" savdo do‘konidan shartnomada "RedMi 11" nomi bilan keltirilgan va shartnoma narxi 8 700 000 so‘m bo‘lgan 2 ta mobil qurilmani xarid qilib, ulardan foydalanib yurgan. Oradan ma'lum vaqt o‘tib, telefonlarni sotmoqchi bo‘lganida xaridorlar unga qurilma "RedMi"ning 11-emas, balki 10-avlodiga tegishli ekanligini aytgan. Ushbu masalani sotuvchi bilan o‘zaro hal qila olmaganlaridan so‘ng, fuqaro federatsiya ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida garchi telefon qadog‘i (korobkasi)da mobil qurilma rusumi "RedMi 11" yozilgan bo‘lsa-da, u haqiqatan RedMi 10 rusumiga tegishli ekanligi o'z tasdig‘ini topdi. Tuman jamiyati sotuvchi bilan masalaning yechimi bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmaganlaridan so‘ng, uni sud hukmiga havola qilish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanishi jarayonida, sotuvchi tomoni iste'molchi bilan kelishuvga erishganligini ma'lum qildi. Kelishuvga ko‘ra esa, sotuvchi iste'molchiga mobil qurilmalarning narxi o‘rtasidagi farq summasini to‘lab berdi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00