
02.11.2023
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi tomonidan tuman va shahar jamiyatlari ishtirokida navbatdagi 9 oylik natijalar yuzasidan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash raisi nutq so‘zladi va ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.
Joriy yilning 9 oyi davomida hududiy birlashma va tuman-shahar jamiyatlarga 422 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 319 tasi og‘zaki hamda 103 tasi yozma ariza va shikoyatlardir. Ushbu murojaatlarning 413 tasi ijobiy hal etilishi natijasida, iste’molchilar foydasiga 3 689 077 482 so‘m qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan. Sud organlari orqali esa iste’molchilar foydasiga 1 876 417 192 so‘m qaytarilgan.
Kengash yig‘ilishi so‘ngida namunaviy ko‘rsatkichlarni qayd etgan ishchi-xodimlar rag‘batlantirildi.