Telegram-bot Virtual qabulxona

28.04.2023

"Gentra" o'z egasiga yetkazildi

Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Sayhon" mahallasida istiqomat qiluvchi U.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Gentra" avtomashinasini sotib olish uchun "JIZZAX MOTORS" MCHJ bilan shartnoma imzolagan va avtosalonga 131 134 000 soʻm toʻlov qilgan. Shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatdan uch oy oʻtsa hamki, mashina murojaatchiga yetkazib berilmagan.

Jamiyat xodimlari tomonidan avtosalonda oʻrganish ishlari oʻtkazilib, murojaatchining talabi oʻz tasdigʻini topgach, "Gentra" egasiga ikki kun ichida yetkazib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00