Telegram-bot Virtual qabulxona

25.03.2024

722 million so'm noreal qarzdorlik iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "Gʻishtkoʻprik" BSK MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Namangan shahrining "Ozod", "Gʻishtkoʻprik", "Sumalak Guzari", "Maʼdaniy", "Osuda" va "Yangi qurilish" MFYlaridagi koʻplab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Namangan shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 704 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.

Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 722 000 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan. Jamiyat xodimlari saʼy-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar  "Billing"  dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00