Telegram-bot Virtual qabulxona

09.12.2021

Isteʼmolchining 30.000.000 (oʻttiz million) soʻmlik kredit mablagʻlari  qoplab berildi

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Uychi tumanida yashovchi fukaro S.Mamadaliyeva tomonidan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda qayd etilishicha fuqaro 2021yil avgust oyida chorvachilikni rivojlantirish maksadida imtiyozli kredit olish uchun tijorat banklaridan biri bilan 30.000.000 (oʻttiz million) soʻmlik shartnoma imzolaydi,  isteʼmolchiga taminotchi tomonidan 10 bosh zotli qoʻy beriladi, afsuski, oradan hech kancha vakt oʻtmay qoʻylar kassalana boshlaydi.
Veterinar tomonidan tekshirilganda esa, qoʻylarning jigarida kasallik borligi maʼlum boʻlgan. Fukaro shu kunni oʻzida bank xodimlariga murojaat kiladi ammo pul mablagʻlari taminotchining firma hisob raqamiga oʻtkazib boʻlinganini aytadi. Isteʼmolchi shundan soʻng taminotchi bilan bogʻlanib vaziyatni tushuntiradi, lekin foydasi bulmaydi. Taassufki, bir xaftaga bormay qoʻylarning hammasi nobud boʻladi.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchining 30.000.000 (oʻttiz million) soʻmlik kredit mablagʻlari  taminotchi tomonidan koplanib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00