Telegram-bot Virtual qabulxona

23.05.2024

Salkam 3 million soʻmlik nuqsonli telefon sifatlisiga almashtirildi 

Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro B.X. Qarshi shahrida joylashgan “Idea” savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 2 million 800 ming soʻmga “Honor X8 a”  rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Biroq telefonda jiddiy nuqsonlar kuzatilib, undan foydalanib boʻlmaydi. Sotuvchi tomonidan ushbu mahsulot uchun kafolat muddati belgilangan boʻlsa-da, kafillik majburiyatlari bajarilmaydi. Iste'molchi esa nosoz telefonni almashtirishda yordam soʻrab, Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat etadi. 

Fuqaro murojaati Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq, nuqsonli mahsulot sotuvchiga qaytarilib, iste'molchiga shu rusumdagi boshqa sifatli aloqa vositasi olib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00