11.04.2023
Xo`jabod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Oltin vodiy" QFY "Solpi" MFYda yashovchi I.X.dan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, 15 nafar fuqaro Xorvatiyaga sayohat qilish maqsadida "Univercaf" tur firmasiga depozit sifatida 200 AQSh dollardan to'lov qilgan, biroq oldindan 2000 AQSh dollaridan berish talab etilgan. Fuqarolarda esa ushbu summani berish imkoni yo'qligi sabab, shartnomani bekor qilgan. Ammo depozit uchun qo`yilgan summa qaytarib berilmagan.
Ushbu holat bo'yicha jamiyat mutaxasislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilganda fuqaroning shikoyati o`z tasdig'ini topdi. Natijada, murojaatchi va sheriklarining 3000 AQSH dollar miqdoridagi pul mablag'i qaytarib berilishiga erishildi.