
13.07.2023
Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Soyguzar" mahallasida yashovchi iste'molchi X.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro 2022-yil 24-oktyabrda tuman markazida joylashgan “Garand” savdo markazidan muddatli to'lov asosida 1 656 200 so‘mga "Samsung" rusumli uyali aloqa vositasini xarid qilgan. Ammo iyun oyiga kelib, mobil qurilmada nosozlik kuzatilgan. Iste'molchi ushbu masalada savdo markaziga bir necha bor murojaat qilsa-da, muammo hal qilib berilmagan.
Murojaatni o‘rganish davomida muammoning kelib chiqishiga iste'molchi mobil qurilmasidagi IMEI kodi bilan bog‘liq masala sabab bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari doirasida mas'ullariga amaldagi iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, mobil qurilmada yuzaga kelgan nuqson o‘rganish vaqtining o‘zida bepul bartaraf etilib, iste'molchining haq-huquqlari tiklanishiga erishildi.