31.05.2024
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani “Fayzobod” MFYda yashovchi fuqaro tumanida joylashgan yakka tartibda faoliyat yurituvchi savdo shoxobchasidan 1 yil kafolat muddat bilan 14 million 900 ming soʻmga skuter sotib olgan, biroq oradan bir kun oʻtib, uning nosoz ekani maʼlum boʻlgan. Skuter nuqsonini bartaraf etish yoki sifatlisiga almashtirib berishlarni soʻragan iste'molchi tadbirkordan "Bizda sotilgan tovarlar qaytarib olinmaydi", degan javobni olgan.
Ushbu holatdan soʻng, fuqaro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam berilishini soʻraydi. Tuman ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan tadbirkorga tegishli tartibda qonun talablari boʻyicha tushuntirish berilib, nosoz skuter yangisiga almashtirib berildi.