
07.06.2023
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Birlashgan” MFY da yashovchi fuqaro K.S. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro 2022-yil 1-avgust kuni “Chust Avtotexxizmat-N” MChJ bilan “Lacetti” avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzgan va “Asaka” banki orqali 156 356 000 so’m miqdoridagi pulni “Uz Avto Motors” A/J hisobraqamiga o'tkazgan. Shartnomaga ko'ra, avtomashina 2023-yil 28-fevral kuni yetkazib berilishi kerak edi, ammo shu vaqtgacha avtomobildan hech qanday darak bo'lmagan.
Ushbu holat bo’yicha jamiyat xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, murojaat ijobiy hal etildi hamda avtomashina o’z egasiga yetkazib berildi.