Telegram-bot Virtual qabulxona

06.02.2025

Iste'molchining shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirildi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.A.ning 18-yanvar kunida 31 500 000 so‘m bo‘lgan massaj apparatini qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolaganligi, lekin shartnoma tuzish jarayonida unga mazkur tovar haqida to‘g‘ri va tushunarli ma'lumot berilmaganligi ortidan keyinchalik tushunmovchilik kelib chiqqanligi, mazkur masalani qonunchilik asosida hal etilishi va shartnomani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi. 

Iste'molchi murojaatini o‘rganilishi jarayonida sotuvchi va iste'molchi o‘rtasida tuzilgan 180125/1M-2182-sonli shartnoma shartlari, unda amaldagi qonunchilik normalari to‘laqonli aks ettirilishi va iste'molchining e'tirozlarini keltirib chiqargan vajlar o‘rganib chiqilib, sotuvchi tomoniga amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste'molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma'lumot berilishi shartligi, ushbu jarayonda noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma'lumot berilishi ortidan kelib chiquvchi huquqiy oqibatlarni o‘zida aks ettirgan talabnoma xat kiritildi.

Sotuvchi tomoni esa o‘rganish ishlari davomida iste'molchi bilan tuzilgan tuzilgan yuqoridagi shartnoma bekor qilinganligi, iste'molchidan tovar qaytarib olingani, uning tomonidan shartnoma imzolanishi vaqtida amalga oshirilgan 180 000 so‘m to‘lovni iste'molchi bank kartasiga qaytarilganligi xususida javob xati taqdim qildi. O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00