Telegram-bot Virtual qabulxona

19.03.2024

3 million so'mdan ortiq pul mablag'i kreditor bank kartasiga qaytarildi

2021-yil iste'molchi “Hamkorbank” ATBdan 3 yilda qaytarib berish sharti bilan 20 million so'm kredit olgan. 2024-yil 26-fevralda fuqaro ikki oylik kreditni muddatidan oldin to‘lashiga qaramasdan, bank tomonidan kreditor bank kartasidan 1 700 000 va 1 463 000 so‘m yechib olingan.

Fuqaro ushbu masala bo‘yicha Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga murojaat qilgan. “Hamkorbank” ATB Jizzax MBXOdagi o‘rganish natijasida, bank tomonidan texnik xato tufayli ortiqcha pul yechib olingani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, jami 3 163 000 so'm pul mablag'i kreditor bank kartasiga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00