
20.07.2023
Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Sherobod tumani "Kattabog’" mahallasida yashovchi fuqaro R.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko’ra, fuqaro Angor tuman tijorat bozoridagi maishiy texnika do’konlarining biridan bir yil kafolat muddati bilan 3 450 000 so’mga ARG rusumli konditsioner sotib olgan. Ammo oradan vaqt o’tib, tovar nosoz holga kelib qolgan. So'ng, iste'molchi savdo do'koni xodimlaridan konditsionerni ta’mirlab yoki yangisiga almashtirib berishlarini so’ragan, biroq murojaat e’tiborsiz qoldirilgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat o’rganilib, do’kon ishchi xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, do’kon ma`muriyati tomonidan murojaatchi xonadoniga yangi, sifatli konditsioner o’rnatib berildi.