Telegram-bot Virtual qabulxona

27.09.2023

Nosoz o't o'rish moslamasi bepul ta'mirlab berildi

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchi X. A. Buxoro shahrida joylashgan qishloq xo‘jaligi texnikalari do‘konidan 800 000 so‘mga o‘t o‘rish moslamasini xarid qilgan. Ammo ko‘p o‘tmay, qurilma nosoz ekani ma'lum bo'lgan. Savdo do'koni ta'mirlab berish ishlarini paysalga solgach, fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat yo‘llagan.

Jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganib chiqildi. Servis xulosasiga ko‘ra, o‘t o‘rish moslamasi nosozligida iste’molchining ta’siri yo‘qligi aniqlanib, shu kunning o‘zida qurilma bepul ta’mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00