04.05.2023
Oltiariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumandagi davlat idoralardan birida mehnat faoliyati olib borayotgan B.Z.ning tuman ichki ishlar bo‘limiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
Murojaatda ko‘rsatilishicha, iste'molchi tuman markazida joylashgan “Parvoz” kredit savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida “Redmi 9 A 32gb” rusumli mobil telefon apparati sotib olgan. Ammo undan foydalanish davrida qurilmada nuqson borligi ma'lum bo'lgan. O‘zining bu boradagi qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lib savdo do‘koni sotuvchilariga murojaat qilgan iste'molchi nuqsonli tovarni almashtirib berilishi yoki puli qaytarilishi bo‘yicha ijobiy natijaga erisha olmagan. Shundan tuman ichki ishlar bo‘limiga mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Masalaga tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi hamda sotuvchilarga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirilishi natijasida, muammo iste'molchi foydasiga hal etilib, sotuvchi tomonidan unga 1 743 000 so‘m puli qaytarilishiga erishildi.