Telegram-bot Virtual qabulxona

13.03.2024

O'quv markaziga to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Navoiy shahar M.Tarobiy ko‘chasida yashovchi fuqaro K.X. tomonidan murojaat kelib tushgan.     

Unda keltirilishicha, fuqaro ayrim sabablarga ko’ra Navoiy shahrida joylashgan “Impuls innovatsiya” o‘quv markazidagi o’quv mashg’ulotlariga bora olmaganligi va o’qish uchun to‘lagan 1 000 000 so‘m pul mablag‘ini qaytarib ololmayotganidan noroziligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.                             

Murojaat Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va “Impuls innovatsiya” o‘quv markazi rahbari bilan suhbat olib borilib, fuqaroning iste'molchi sifatidagi huquqlari tushuntirildi. Natijada, fuqaroga o‘quv markaziga to‘lagan 1 000 000 so‘m pul mablag‘i qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00