
22.07.2024
Boysun tumani “Ariq usti” mahallasida yashovchi fuqaro H.Q. tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 10 700 000 so‘m bo‘lgan "Avalon" rusumli muzlatgich xarid qiladi. Uni uyiga olib kelib, 25 kun davomida foydalangandan so'ng, muzlatgichda turli xil nuqsonlar kelib chiqa boshlaydi. Iste'molchi do‘kon sotuvchisidan tovarni sifatlisiga almashtirib berishini talab qiladi, ammo sotuvchi bundan bosh tortadi.
Holat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va amaldagi qonunchilikka muvofiq, tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, isteʼmolchining muzlatgich uchun to‘lagan puli qaytarib berildi.