
18.01.2024
Jizzax viloyati Zomin tumani “To‘rton” mahallasida yashovchi fuqaro I. D. federatsiyanng 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zomin shahridagi maishiy texnika buyumlari sotiladigan “SHIVAKI” do‘konidan TЕSNNO 6 rusumli telefon apparatini sotib olgan, ammo ushbu telefon UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazilmagani ma'lum bo'lgan.
Mazkur murojaat Zomin tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning telefon apparati IMEI ro‘yxatidan o‘tkazib berildi.