
09.10.2024
Urganch tumani "Adolat" mahallasida yashovchi fuqaro 24-sentyabr kuni O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xiva tuman jamiyatiga og'zaki murojaat qilgan.
Iste'molchi Xiva tumanida yashovchi fuqaro Xaitov Izzatdan 2018-yilda ishlab chiqarilgan "Nexia 2" rusumli avtomashinasini 75 million so'mga ichidagi gaz balloni bilan birga sotib olishga kelishgan va to'lovni amalga oshirgan. Ammo mashina sotuvchi fuqaro 3 500 000 so'mlik gaz ballonini bermagan.
Ushbu muammo yuzasidan Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. O'rganish natijasida, mashinaga tegishli 3 500 000 so'mlik gaz balloni murojaatchiga qaytarib olib berildi.