
22.06.2023
Shu yilning 20-iyun kuni Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Birlashgan" MFYda yashovchi fuqaro H.A. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Mingbuloq tumanida joylashgan “Shakhi” ayollar kiyimi do’konidan 250 000 so’mga ko’ylak sotib olgan, lekin ko’ylakni uyida kiyib ko'rganida o'lchami to'g'ri kelmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o’rganib chiqildi hamda sotib olingan ko’ylak puli iste’molchiga qaytarib olib berildi.