Telegram-bot Virtual qabulxona

29.03.2023

Muammo mahalla ahli foydasiga hal bo‘ldi

Beshariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tumandagi “Qum” MFYda yashovchi bir guruh iste'molchilarning “Toza hudud” MChJ xizmatlaridan norozi bo‘lib, qilgan murojaatlari o‘rganildi.

Fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilishi davomida ushbu hududda yashovchi ko‘pchilik fuqarolar yilning fevral-sentabr oylarida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish faoliyati bilan Toshkent viloyati hududida mavsumiy ishlarda band bo‘lishlari, bu esa ularning mahalla ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taalluqli bo‘lgan turli yangiliklar hamda ayrim yangi tartib-qoidalardan bexabar qolishlariga ham sabab bo‘lishi mumkinligi, korxona tomonidan hududga nazoratchi vazifasiga biriktirilgan ma'sul xodim tomonidan mahalla ahlini amaldagi tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirish chora-tadbirlari ko‘rilmaganligi, oila a'zolari sonini tasdiqlovchi dalolatnomalardan iborat ma'lumotni korxona rahbariyatiga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi va boshqa shu kabi bir qator sabablar abonentlarda debitor qarzdorliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.

Mahallada o‘tkazilgan o‘rganish ishlari yakunlari bilan “Toza hudud” MChJ rahbariyati 2022-yilning mart oyidan sentabr oyiga qadar bo‘lgan davr to‘lovlarini qayta hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlangan 483 000 so‘m qarzdorlikni korxona ichki tartibiga asosan ichki harajatlar hisobidan qoplash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘rganish ishlari jarayonida taraflarga iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, shuningdek ommaviy shartnomalarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00