
03.12.2024
Gurlan tumani "Birlashgan" mahallasida yashovchi Sh. J. tumandagi "Aminov texnika markazi"dan "LG" rusumidagi muzlatgichni 3 yillik kafolat muddati bilan 9 800 000 so'mga xarid qilgan. Ammo uning nuqsoni borligi sababli, do'kon xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, hech qanday ijobiy natijaga erisha olmagan.
Holat yuzasidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan "Aminov texnika markazi"ning rahbari va sotuvchilariga O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunning tegishli moddalari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli "O'zbekiston Respublikasida Chakana savdo qoidalari" ning tartib va qoidalari tushuntirildi. Tushuntirish natijasida, nuqsonli muzlatgich sifatlisiga almashtirilib berildi.