Telegram-bot Virtual qabulxona

09.03.2023

Asossiz qarzdorliklar sud orqali hal etildi

Koson tumani "Ravot" MFYda yashovchi fuqaro H.Z. hamda "Quyi obron" MFYda yashovchi X.Sh.dan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste'molchilar tabiiy gazdan foydalanish uchun yangi onlayn hisoblagich oʻrnatgan, biroq ularga gaz taʼminoti berilmagan. Fuqorolar tuman gaz taʼminoti korxonasiga murojaat qilganda mas'ul xodimlar abonent raqamida qarzdorlik sababli gaz berish toʻxtatilganini aytgan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan ushbu qarzdorlik boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, Koson tuman fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudiga davo ariza kiritilishi natijasida, fuqaro H.Z. zimmasidagi 6 052 000 soʻm va fuqaro H.SH.ning to'lov majburiyatidagi 2 996 000 soʻm noreal qarzdorliklar sud qarori bilan bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00