30.09.2022
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati hududiy birlashmasi rahbari va mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbe Shahriga tashrif buyurdi. 27-29 sentabr kunlari bo’lib o’tgan tadbirlar doirasida O’zbekiston va Tojikiston hamkorlik guruhlarining yig’ilishi, soha mutaxassislari va olimlar ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlarda Tojikiston iste’molchilar ittifoqi va O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, kontrafakt tovarlarga qarshi kurashish choralari, farmtsevtika mahsulotlari noqonuniy aylanishining texnik jihatdan tartibga solish va davlatlararo standartlashtirishning ahamiyati kabi masalalar muhokama etildi.