Telegram-bot Virtual qabulxona

07.03.2024

Nuqsonli mobil qurilma sifatlisiga almashtirildi

Beshariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Dehqonto‘da" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi G.R.ning muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan maishiy texnika va buyumlardan birining nosoz chiqqanligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida tumandagi "Texnomart" savdo do‘konidan "Xiaomi POCO M3 4/64 Yellow" rusumli mobil telefon apparati va "Keenwood MG515" rusumli go‘sht maydalagichni muddatli to‘lov asosida 6 655 200 so‘mga xarid qilganligi, lekin keyinchalik mobil qurilmada nuqsonlar kuzatilgach, savdo do‘koni xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, servis markaziga yuborilgan telefon apparatidagi nuqsonlarni bepul bartaraf etib berishlari hanuzgacha paysalga solib kelinayotganligini ma'lum qilgan.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritildi. Uning natijasi bilan esa, iste'molchining nuqsonli deb topilgan telefon apparati boshqa, maqbul sifatdagi mobil qurilmaga almashtirib berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00