
02.07.2024
Olot tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Y.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan mototexnika savdo doʼkonidan elektromotoroller xarid qilgan. Аmmo koʼp oʼtmasdan, mazkur texnika vositasining 3 175 000 so’m qiymatga ega quvvatlagich qismida nosozlik vujudga kelgan. Iste'molchi tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, Olot tuman jamiyatiga yozma ariza qoldirgan.
Olot tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan murojaat qisqa fursatda oʼrganib chiqilib, isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi. Nosoz quvvatlagich yangisiga almashtirilib, elektromotoroller soz holatga keltirildi.