13.04.2023
Oltinko'l tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga daromad solig'i bo'yicha imtiyozga ega bo'lgan bir necha fuqarolardan pullari qaytarilmayotgani to'g'risidagi murojaatlar kelib tushgan.
Ma'lum bo'lishicha, 4 nafar fuqaro o'z ish haqidan kredit va kontrakt to'lagani sababli, Rahimov Nodirbek 3.390.000 so’m, Otajonova Lolaxon 3.906.000 so’m, Yuldasheva Muhtaramxon 2.168.000 so’m hamda Asqarova Gulzoda 9.520.000 so’m miqdorida daromad solig'i imtiyoziga ega bo'lgan. Ammo ular Oltinko'l tuman Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qilganiga 2 oydan oshgan bo'lsa-da, imtiyoz summalari qaytarilmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan ushbu holat to'liq o'rganilib, inspeksiya rahbariyatiga amaldagi qonun talablari tushuntirilgani natijasida, jami 18 million 984 ming miqdordagi soliq imtiyozlari murojaatchilarning hisobraqamiga o'tkazib berildi.