26.06.2023
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Yuksalish" MFYda yashovchi fuqaro Sh.J. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Nishon tumanida joylashgan “Start Avto Drivers” MChJga qarashli ustaxonada “Lacetti” rusumli avtomashinasining motor qismini 5 million 300 ming soʼm evaziga taʼmirlatgan. Biroq taʼmirlash ishlari sifatsiz amalga oshirilgani sababli, bugungi kunda transport vositasining motori yaroqsiz holga kelib qolgan.
Murojaatni oʼrganish jarayonida MChJ mutasaddilariga sifatsiz bajarilgan ish uchun isteʼmolchiga yetkazilgan jami 5 million 300 ming soʼm zararni ixtiyoriy tartibda qoplab berish kerakligi tushuntirildi. Ammo ustaxona vakillari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablarini bajarishni istamadi. So'ng, jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqarolik ishlari boʼyicha Qarshi tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, “Start Avto Drivers” MChJ ustasi B.E. hisobidan isteʼmolchi foydasiga yetkazilgan zarar toʼliq undirib berilishi taʼminlandi.