Telegram-bot Virtual qabulxona

29.02.2024

Bir yarim million so'm mablag' iste'molchiga qaytarildi

Oltiariq tumani “Maorif” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E. xonadonida foydalanilgan tabiiy gaz uchun elektron ilova yordamida amalga oshirgan 1 500 000 so‘m to‘lovi boshqa hisobraqamiga tushirib yuborilganini bildirib bergan yozma murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojatni o‘rganish jarayonida o‘tgan yilning sentyabr oyi boshlarida iste'molchi tomonidan "Click" mobil ilovasi vositasida tabiiy gaz uchun, haqiqatdan ham, 1 500 000 so‘m mablag‘ o‘tkazilganligi, biroq to‘lov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan hisob raqamni kiritishda iste'molchi tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi sababli, to‘lov summasi boshqa hisob raqamga tushib qolganligi qayd qilindi. O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, to‘lov summasi adashib tushirib yuborilgan hisob raqamidan iste'molchining shaxsiy hisob raqamiga qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00