
08.08.2024
Mingbuloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.N. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga koʻra, fuqaro xonadoniga Namangan tuman suv taʼminoti korxonasi tomonidan hisoblangan 1 195 000 soʻm qarzdorlikni oʻz vaqtida to'lagan bo'lishiga qaramay, abonent raqamidan qarzdorlik chiqarilmaganidan norozi boʻlib murojaat yoʻllagan.
Murojaat yuzasidan Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Namangan tuman suv taʼminoti tomonidan oʻrganish ishlari oʻtkazilib, qayta hisob-kitob qilinishi natijasida, fuqaro zimmasidagi 1 195 000 soʻm qarzdorlik bartaraf etildi.