Telegram-bot Virtual qabulxona

18.09.2023

31 yarim million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Cheksho‘ra" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.M.ning shartnoma asosida yetkazib berilishi lozim bo‘lgan avtomashina o‘z muddatida yetkazib berilmaganligi sababli pullarini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish ishlarida ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi 2022-yilning noyabr oyida Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan "Umid Avto Companies" MChJ bilan shartnoma imzolagan. Unga ko'ra, "Labo" avtomobili 120 kun davomida yetkazib berilishi, iste'molchi dastlab boshlang‘ich to‘lov sifatida 31 413 640 so‘m oldindan to‘lashi va qolgan qismi shartnomada ko'rsatilgan muddat ichida annuitet shaklda to‘lab borilishi belgilangan. Iste'molchining ta'kidlashicha, avtomashina belgilangan muddatda yetkazib berilmagan, shuningdek, shartnomaga ko‘ra u hech qanday jarima sanksiyalarisiz pullarini qaytarilishini talab qilishi mumkin bo‘lgan muddat ham yetib kelgan.

Shahar jamiyati yuqoridagilardan hamda o‘rganish ishlari natijalaridan kelib chiqqan holda, tashkilotning Toshkent shahridagi bosh ofisiga, iste'molchi tomonidan to‘langan 31 413 640 so‘m pul mablag‘ini to‘liq qaytarilishi yuzasidan da'vo talabnomasi kiritdi. Olib borilgan ishlar natijasi bilan esa iste'molchining pul mablag‘i uning bank plastik kartasiga qaytarib tushirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00