
10.10.2023
Navoiy shahrida yashovchi fuqoro SH.E. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do’konidan 3 000 000 so’mga "Roisin" rusumli televizor sotib olgan, biroq uni uyiga o’rnatgach, ekranida ba'zi kamchiliklar, ya'ni ko’rsatish sifati pastligi ma'lum bo'lgan. Shu sababli, iste'molchi savdo do’konidan tovarni yangisiga almashtirib berishlarini so’ragan. Do’kon xodimlari esa “almashtirib beramiz, lekin boshqa olib kelmaysiz!”, degan shart bilan yangisini berishgan. Ammo fuqoroning xursandchiligi uzoqqa cho’zilmadi, bu safar almashtirilgan televizorning ovoz sxemasida nosozliklar kuzatilgan. Fuqaro savdo do’koniga qayta borganida, sotuvchilar yuqoridagi shartlarni eslatib, almashtirib berishdan bosh tortgan.
Ushbu masalalar yuzasidan fuqoroning murojaati shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil o’rganib chiqilib, savdo do’koni rahbariga amaldagi qonunchilik talablari tushunturib o’tildi va nosoz televizor sifatlisiga almashtirib berildi.