11.02.2025
Yangiqo'rg'on tumani "Pastki Qorayontoq" MFYda yashovchi fuqaro S.Sh. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Murojaatda aytilishicha, fuqaro Yangiqo'rg'on tuman markazida joylashgan tilla buyumlar savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida jami 4 million 250 ming so'mlik bir dona ayollar tilla uzugini xarid qilgan. Ammo uzukning koʻzi yaxshi oʻrnatilmaganligi hamda ushbu uzuk ''Turk tillasi'' emasligi sababli, fuqaro uni doʻkonga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa tovarni qaytarib olishdan bosh tortgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Yangiqo`rg`on tuman ijro etuvchi apparat xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, fuqaro va savdo do'koni o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi va murojaat ijobiy yechim topdi.