Telegram-bot Virtual qabulxona

09.02.2023

1350 dollar miqdoridagi chipta puli o'z egalariga qaytarildi

Jizzax shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zafarobod tumani "Birlik" mahallasida yashovchi O.X. chipta puli qaytarilmagani bo'yicha shikoyat qilgan.

Arizaning mazmuniga ko‘ra, "Kimyogar" ko‘chasida joylashgan  ''Mandarin Tour" aviakassasidan Toshkent-Tukit yo‘nalishi uchun 4 nafar fuqaroga chipta xarid qilingan, ammo reys 2 soat oldinga surilgani haqida fuqarolar ogohlantirilmagan. Natijada iste'molchilar O.X,  A.S, S.T, va E.Sh. reysdan qolib ketgan. Aviakassa tomonidan esa  iste'molchilarning 1350 AQSH dollar miqdoridagi pullari qaytarilmagan.
      
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan ''Mandarin Tour''  aviakassasida o‘rganish o‘tkazilib, chipta pullari iste'molchining plastik kartasiga tashlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00