
10.11.2023
Yozyovon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Xonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.D. va X.Sh.larning iste'mol qilingan ichimlik suvi to‘lovlarida yuzaga kelayotgan asossiz qarzdorliklar masalasiga oydinlik kiritilib berilishini so‘rab qilgan yozma murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatlar asosida "Farg‘ona suv ta'minoti" MChJning Yozyovon tuman filiali mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganishlar o‘tkazilganda M.D.ning xonadoniga 2021-yilning oktyabr oyida ichimlik suvini hisoblash uskunasi o‘rnatilib, alohida hisobraqami yuritilganligi, lekin iste'molchining hisoblagichni o‘rnatish jarayonida 107 metr kub, keyinchalik 25 metr kub ichimlik suvi uchun amalga oshirgan to‘lovlari tizimdagi mijozlarning "WG GRAFT" elektron bazasida aks ettirilmagani ma'lum bo‘ldi. Xuddi shunday holat iste'molchi X.Sh.ning korxonadagi shaxsiy hisobraqami bilan ham yuzaga kelgan.
Olib borilgan qayta hisob-kitob hamda o‘rganish ishlari yakuni bilan iste'molchi M.D.ning ichimlik suvi uchun to‘lovlardan 171 000 so‘m, X.Sh.ning esa 65 450 so‘mga haqdorliklari ma'lum bo‘ldi.