
04.09.2023
Samarqand viloyat Oqdaryo tuman Taraqqiyot MFYda yashovchi fuqaro H.T joriy yilning iyul oyida Samarqand shahar A.Temur ko’chasidagi «ISHONCH» do’konidan, bo’lib to’lash sharti bilan 7 530 000 so’mlik kelishuv imzolab «SAMSUNG» rusumli muzlatgich olgan. Oradan ikki oy vaqt o’tib muzlatgichning motor ovozi normadan baland chiqib qoladi va fuqaro «SAMSUNG» servis xizmati ishonch telefoniga murojaat qilgan ammo kafolat muddati bo’lsada mahsulotni ta’mirlab berishmagan. Shu muammo yechimida amaliy yordam so`rab fuqaro Samarqand shahar jamiyatiga yozma shaklda murojaat qilgan.
Holatni Samarqand shahar jamiyati xodimlari, toʻliq oʻrganib, fuqaroning isteʼmolchilik huquqlarini vakolat doirasida himoya qilib, «SAMSUNG» servis xizmati xodimlariga amaldagi qonunlar yuzasidan tegishli tartibda tushuntirishlar berildi. Natijada fuqaroning muzlatgichi shu kunning o’zida motor qismi almashtirilib ta’mirlab berildi.